Surxondaryolik firibgar akasining yerini so‘roqsiz sotib yubordi

Surxondaryolik firibgar akasining yerini so‘roqsiz sotib yubordi

Surxondaryolik fuqaro akasining yerini so‘roqsiz sotib yubormoqchi bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

15 mart kuni shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi, D.Sh. 2018 yil avgust oyida, tanishi shaharning “Pattakesar” mahallasida vaqtincha yashovchi, X.G‘.ga shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida joylashgan akasi D.R.ning nomida bo‘lgan 500 kvadrat metrga teng bo‘lgan savdo-sotiq qilish uchun mo‘ljallangan noturar joyni 430.000.000 (to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘m pullarga sotadi.

Fuqaro D.Sh. ushbu mulkni yaqin qarindoshlari bilan kelishmagan holda boylik orttirish maqsadida, o‘zboshimchalik bilan sotib yuborishi hamda buning oqibatida yaqin qarindoshlar o‘rtasida uzoq vaqtdan buyon kelishmovchilik davom etib keladi.

Shundan so‘ng, D.Sh.ning turmush o‘rtog‘i Yu.T. 2020 yil 14 yanvar kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga da’vo bilan murojaat qilib, shahardagi davlat notarial idorasi tomonidan 2018 yilning 2 avgust kunidagi D.R. va X.G‘.larning o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini bekor qildirib, noturar joyni qaytarib olgan va X.G‘.dan olgan 430.000.000 (to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘m pullarni qaytarib bermaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan, 15 mart kuni D.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.