Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
30.04.2020 13:24,  
320

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Ahmadjonov Voxidjon Muxamadjonovich O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u vazirlik huzuridagi Axborot-tahlil va resurs markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-sonli qaroriga asosan vazir o‘rinbosarining zimmasiga suv xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish, ilmiy ishlanmalar natijalarini, suv xo‘jaligini boshqarish va suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanishning ilg‘or usullarini amaliyotga faol joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda suv xo‘jaligining sug‘orish tizimlarini modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан