Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Suv xo‘jaligi vazirligi: Hozirda Amudaryoda suv toshqini ehtimoli umuman mavjud emas
29.04.2020 12:16,  
198

Hozirgi kunda Amudaryoda suv toshqini yuz berishining umuman ehtimoli mavjud emas. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Xususan, Amudaryoning O‘zbekiston hududiga kirib keladigan nuqtasidagi Termiz suv o‘lchash postida hozirda o‘rtacha 1300 m3/sek. suv oqib o‘tmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha ko‘p yillik me’yorga nisbatan 3–4 baravarga kamdir. Shuningdek, Amudaryoning Buxoro viloyatiga suv olish hududida joylashgan Atamirat suv o‘lchash postida ham bugungi kunda o‘rtacha 805 m3/sek. suv oqib o‘tayotgan bo‘lib, ko‘p yillik me’yorga nisbatan 4 baravarga kamdir.

Amudaryoning asosiy irmog‘i bo‘lgan Vaxsh daryosida joylashgan Tojikistonning Nurek suv ombori umumiy hajmi 10,5 mlrd. m3 bo‘lib, bugungi kunda mazkur suv omborida suv hajmi bor-yo‘g‘i 6,2 mlrd. m3 ni tashkil etadi yoki suv omborda suv zaxirasi deyarli qolmagan (suv omborining o‘lik suv hajmi 6,0 mlrd. m3).

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev Amudaryodagi suv resurslariga bog‘liq vaziyatni Tojikiston Respublikasi Suv va energetika vaziri Usmonzoda Usmonali bilan telefon orqali muhokama qilib, unda U.Usmonzoda Amudaryoda hech qanday toshqin bo‘lishi mumkin esmasligi va bunga biror-bir omil yo‘qligini ta’kidlagan.

Shundan ko‘rinib turibdiki, Amudaryoda suv ko‘payishi kuzatilayotgani yo‘q va bunga hech qanday sabab ham mavjud emas.

Amudaryoda suv ko‘payishi kuzatilmayotganligi va suv toshqini yuz bermayotganligi to‘g‘risida kecha Amu-Buxoro irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi boshlig‘i Erkin Fayzullayev ham ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan.

Bundan tashqari, Kaspiy dengizidan suv toshqini bo‘lib, O‘zbekiston hududiga, shu jumladan Olot va Qorako‘l tumanlarigacha yetib kelishi borasida tarqalgan mish-mishlar mutlaqo asossizdir. Chunki, xalqaro sathlar shkalasiga (Boltiq tizimiga) nisbatan Kaspiy dengizining suv sathi 27 metr pastda, Olot va Qorako‘l tumanlarining yer sathi esa o‘rtacha 190 metr yuqorida joylashgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Kaspiy dengizining suv sathi Olot va Qorako‘l tumanlari yer sathidan o‘rtacha 217 metr pastda hamda 950 km uzoqlikda joylashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан