Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Atrof-muhit obodonchiligiga zarar yetkazgani uchun bir necha shaxslar javobgarlikka tortildi
26.03.2021 17:07,  
131

Joriy yilning 26 mart kuni Narpay tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasining davlat inspetorlari tomonidan tumanning “Guliston” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan avtoulov vositasini mahalla hududidan oqib o‘tuvchi mahalliy kanal bo‘yida suvdan foydalanish qoidalariga amal qilmay isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan holda texnika vositasini yuvishi oqibatida, suvni ifloslantirayotganligi  ma’lum bo‘ldi. 

Shu bois, mazkur fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunning 72-moddasi 1-qismiga binoan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi. 

2021 yil 25 mart kuni ham shahar va tumanlarda o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida 4 nafar fuqaroning belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi aniqlandi. 

Bular: 
Tayloq tumanida – 1 nafar  
Narpay tumanida –1 nafar
Jomboy tumanida – 1 nafar  
Pastdarg‘om tumanida – 1 nafar

Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 91-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 960 ming so‘m jarima belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан