Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘xda yangi shaharcha barpo etiladigan bo‘ldi
12.02.2021 10:02,  
232

So‘x tumanidagi 2 sektor hududida joylashgan Hazrati Aliy mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi qishloq xo‘jaligida foydalanmaydigan, foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonida yoshlar kichik sanoat zonasi tashikl etildi. Ayni kunda 3 gektar yer maydoni 41 nafar yosh tadbirkorga ajratib berilgan va mintaqaning umumiy loyiha qiymati 11 mlrd 250 mln so‘mni tashkil etadi. Agar kichik sanoat zonasidagi barcha ishlab chiqarish ob’yektlari ishga tushsa, 205 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanadi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu hududga kelib, yosh tadbirkorlarning biznes loyihalari bilan tanishdi. Tuman prokurori Farhod Abduvaliyevning kichik sanoat zonaga yaqin hududda kӯp qavatli ӯylar, yangi bozor bog‘cha va keyinchalik maktab barpo etish taklifini viloyat hokimi ma’qulladi."- Bu hududni shaharchaga aylantiramiz.  Infratuzilma masalasi davlat zimmasida" - dedi Xayrullo Bozorov. Tadbirkorlar esa, kichik sanoat zonasini shu yilning oktyabr oyida ishga tushirishni va’da berdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан