Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ta’lim tizimida katta miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi
16.08.2019 22:18,  
26

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflanayotganligi aniqlandi, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga yoki umuman ishlamaydigan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblanishi homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini, shuningdek, mehnat ta’tili, mukofot va moddiy yordam mablag‘larining asossiz hisoblanishi va to‘lanishi natijasida byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan.

Jumladan, Jizzax shahar 22-sonli umumta’lim maktabida 448,2 million so‘m, Kegayli tumanidagi 1-son umumta’lim maktabida 54,7 million so‘m va Buxoro shahridagi 1-son umumta’lim maktabida 31,2 million so‘m byudjet mablag‘lari asossiz sarflab yuborilgan.

Bo‘z tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida 99,3 million so‘m, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida 65,3 million so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Sho‘rchi tumanidagi 10-son umumta’lim maktabida 36,1 million so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Yashnobod tumanidagi Ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida bosh hisobchi tasdiqlangan shtatlar jadvalidagi o‘zining oylik lavozim maoshiga ortiqcha ish haqi qo‘shib yozishi natijasida byudjetdan 77,6 million so‘m asossiz ortiqcha to‘lab yuborilgan.

Bulardan tashqari, Bog‘dod tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabida 129,9 million so‘mlik bajarilmagan ish hajmlari qo‘shib yozilgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi Sharof Rashidov tumanidagi 9-son maktabgacha ta’lim muassasasida haqiqatda ishlamagan 31 nafar fuqaroga ish haqi hisoblash yo‘li bilan 955,5 mln so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, Buxoro shahar 46-son maktabgacha ta’lim muassasasida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan 8 nafar xodimga 88,4 million so‘mlik ish haqi to‘lovlari ortiqcha hisoblanib, asossiz to‘lab yuborilgan.

Uychi tumanidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan 23 nafar xodimga 21,5 million so‘m avans pullari yozilib, mablag‘ xodimlarga tarqatilmasdan o‘zlashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан