Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tabiiy ofat emas – Sardoba fojiasining sabablari ma’lum qilindi
27.07.2020 16:32,  
2716

Avval xabar qilganimizdek, Bosh prokuratura Sardobadagi suv toshqini oqibatlari tekshiruv ishlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 207 va 258-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardoba ishi bo‘yicha 9 kishi qamoqqa olinib, tergov 5 oyga uzaytirildi​ – Bosh prokuratura

Aniqlanishicha, suv ombori 2010-2017 yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaga buyurtmachi sifatida «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK (Suv xo‘jaligi vazirligi), bosh loyihachi - “UzGip” MChJ, bosh pudratchi – «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ) tanlangan. Suv ombori qurilishiga davlat byudjetidan 1,2 trln.so‘m sarflangan.

Dastlabki tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida quyidagi asosiy taxminlar tekshirildi. Loyihalashdagi xatoliklar, qurilish jarayonida me’yorlarga rioya qilmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar, tabiiy ofat.

Mazkur 4 ta taxmin tegishli ekspertiza muassasasi ekspertlaridan va gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, qurilish ekspertizasi, tuproq va suvning xossalari va boshqa bir qator masalaga daxldor sohalarga mansub 30 nafar mutaxassisdan iborat Komissiya yordamida tekshirildi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

1. Loyiha hujjatlaridagi xato va kamchiliklar.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tegishli ekspertizadan o‘tib, tasdiqlanganidan keyin ishchi-loyiha hujjatlarini tayyorlash vaqtida konstruksiyaga (qiyaliklarning balandlikka nisbati, himoya va filtrlovchi qoplamalarning xarakteristikalariga) loyihachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan, asoslantirilmagan holda, to‘g‘onning ishonchliligi va turg‘unligini ta’minlamaydigan darajaga olib kelgan o‘zgartirishlar kiritilgan.

2. Qurilishdagi xato va kamchiliklar.

To‘g‘onning tanasini tashkil qilgan tuproqning zichligi loyihaviy talabdagidan past va tuproq yot jismlardan tozalanmaganligi oqibatida ular chirib, bo‘shliqlar hosil qilgan, himoya qatlamiga yotqizilgan xarsang toshlarning diametri loyihadagi o‘lchamlardan bir necha bor katta bo‘lgan holda, xarsang tosh qoplamasi loyiha hujjatida belgilangan qalinlikdan kam, toshlar notekis, sifatsiz joylashtirilgan va katta diametrli toshlar o‘rtasidagi bo‘shliqlar mayda toshlar bilan to‘ldirilmagan.

3. Ekspluatatsiyadagi xato va kamchiliklar.

Ekspluatatsiya jarayoni bilan bog‘liq jiddiy moddiy va nomoddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi «Sardoba suv ombori ob’yektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi»ning bevosita to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi tarkibi zaruriy moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanmagan. Boz ustiga, o‘tkazilgan malaka attestatsiyasi ekspluatatsiyaga jalb etilgan xodimlarning 56% zaruriy bilimga (ixtisos), 82% malaka va tajribaga ega emasligini va buning oqibatida to‘g‘onga sifatli xizmat ko‘rsatishga, o‘pirilishi kabi favqulodda hodisalarga olib keluvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlashga qodir emasligini ko‘rsatdi.

Yuqorida aniqlangan holatlarni inobatga olgan holda, ekspertiza suv omborini loyihalash, qurish hamda ekspluatatsiya qilish jarayonidagi qayd etilgan xato va kamchiliklar, suv ombori qurilishi 2-bosqichi davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsada, to‘la hajmda suv to‘planganligi yakka tartibda yoki ularning majmuyi to‘g‘on o‘pirilishiga sabab bo‘lganligi haqida xulosaga kelgan.

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘on qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 9 nafar shaxs qamoqqa olingan va dastlabki tergov muddati Bosh prokuratura tomonidan 5 oyga uzaytirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан