Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana bir yirik tadbir qoldirildi
11.03.2020 18:32,  
1083

12–16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo bo‘ylab Covid-19 koronavirus xavfi tufayli kechiktirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

MAVZUGA DOIR: Koronavirus tufayli Toshkentdagi yirik xalqaro forum qoldirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligida ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi.

MAVZUGA DOIR: Pentagon rahbari koronavirus tufayli O‘zbekistonga safarini qoldirdi

Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda. 

MAVZUGA DOIR: O‘zbekistonda koronavirus tufayli barcha sport musobaqalari va xalqaro tadbirlar to‘xtatildi

Xabarda “Ziyorat turizmi haftaligi” qaysi sanaga ko‘chirilgani ma’lum qilinmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан