Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im 80 foizga kamaytirildi
28.12.2021 10:03,  
73

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, advokatlik litsenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi (ilgari 20 ish kuni edi).

Shuningdek, vasiylik va homiylik qilishga to‘sqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi (ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi).

Endilikda tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji to‘lanmaydi.

Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning (1 BHM — 275 ming so‘m) 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida undirilgan).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан