Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tadbirkorni haqorat qilgan Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan haydaldi
17.08.2019 12:02,  
31

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasi binosi oldida ikki fuqaroning tortishuvi aks etgan videolavha tarqalgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ularning biri Hukumat idorasi vakili, ikkinchisi tadbirkor bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Hukumat portalining Gov.uz saytida rasmiy e’lon berildi. 

"Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida 2019 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e’lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda, davlat idorasi vakilining ishdan bo‘shatilishi ham ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан