Tafsilotlari oshkor qilinmasdan qamalgan Said-Abdulaziz Yusupov ozod qilindi – BBS 

Tafsilotlari oshkor qilinmasdan qamalgan Said-Abdulaziz Yusupov ozod qilindi – BBS 

Chorshanba kuni jurnalist va Matbuot fondining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupov qamoqdan ozod etilgan. Bu haqda Yusupovning yaqinlariga tayanib, xabarni Bi-bi-si O‘zbek xizmati xabar bermoqda.

O‘tgan yilning 10 mayida DXX tomonidan hibsga olingan Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat Kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ayblangandi. Uning ishi yopiq mahkamada ko‘rilgan.

Yaqinlari o‘tgan yil 9 sentyabridagi mahkamaga kiritilmaganliklarini aytishgan. Shuningdek, tergov jarayonida jurnalistga ruhiy va jismoniy qiynoqlar o‘tkazilganini da’vo qilingan edi.

Bosh prokuratura jinoyat ishi Yusupovning jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq emasligini aytgan. Lekin, sud hukmi va tafsilotlari jamoatchilikka oshkor qilinmagan.

Shu yil yanvarida 6,5 yillik jazo muddatini o‘tayotgan Yusupov ustidan «ikkinchi jinoyat ishi» ochilgani va uning DXX hibsxonasiga qaytarilgani xabar qilingandi. Keyinroq qamoq muddati 2,5 yillik axloq tuzatish ishlariga o‘zgartirilgani aytilgan.

Hibsga olinishidan avval yozilgan va ikki kun o‘tib e’lon qilingan videomurojaatda Yusupov jurnalistik faoliyati bois o‘zi va oilasiga nisbatan tazyiqlar o‘tkazilayotgani haqida gapirgan.