Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qildi
11.03.2020 16:31,  
1389

11 mart, chorshanba kuni koronavirusning keng tarqalishi sababli Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qiladi.

O‘zbekistondan tashqari hukumat yana 17 mamlakat fuqarolari uchun ham o‘z “eshiklarini yopdi”: Bolgariya, Butan, Efiopiya, Fiji, Gruziya, Kipr, Malta, Meksika, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Vanuatu, Xitoy hamda Qozog‘iston.

Ro‘yxatdagi mamlakatlar orasidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Efiopiya, Fiji, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Vanuatuda koronavirus holati qayd etilmagan.

Cheklovlar qancha vaqt davom etishi noma’lum.

Ilgari ushbu mamlakatlar va hududlarning fuqarolari pasportlari yoki yo‘l hujjatlari bilan Tailanddagi immigratsiya punktlariga etib borganlarida viza olish uchun murojaat qilishlari mumkin edi.

Tailand ichki ishlar vaziri so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya, Italiya, Gonkong fuqarolari uchun barcha turdagi vizalar bekor qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан