Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tailand Xitoydagi noma’lum virus tufayli aeroport xavfsizligini kuchaytirmoqda
19.01.2020 20:55,  
241

Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoyning Vuxan shahrida aniqlangan yangi noma’lum virusning oldini olish uchun mamlakat bo‘ylab aeroportlar va kasalxonalarda yuqori darajadagi ehtiyot choralarini ko‘rmoqda, deb yozmoqda Bangkok Post gazetasi.

Xabar qilinishicha, bunday choralar Xitoydan ko‘plab sayyohlar Tailandda Xitoy Yangi yili nishonlash uchun keladigan payt yaqinlashishi munosabati bilan amalga oshirilgan. Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Suxum Kanchanapimayning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradigan mahalliy aeroportlarga kelgan sayyohlarni tekshiradilar. Vazirlik barcha xususiy va davlat kasalxonalariga kasallangan odamlarni davolashni buyurdi.

Dekabr oyining oxirida Xitoyning Vuxan shahrida yangi virus aniqlandi. Mutaxassislar ilgari bunday virusga duch kelishmagan edi. 11 yanvar kuni ushbu virusning birinchi qurboni topildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан