Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi YaTTlar daromadidan 150 ming so‘m miqdorida soliq to‘laydi — DSQ
8.07.2021 11:15,  
545

Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi YaTTlar respublikaning qaysi hududida faoliyatini amalga oshirishidan qat’i nazar 2021 yil uchun har oylik 150 ming so‘m qat’iy belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni to‘laydilar. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarov ma’lum qildi. 

Shuningdek, berilgan litsenziya varaqasi bo‘yicha bir yilga 245 ming so‘m miqdorida davlat boji undirilishi ta’kidlandi. 

«Bunda 2021 yilda 1 sentyabrgacha YaTT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar uchun davlat boji undirilmaydi», — dedi DSQ matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab YaTT sifatida taksi faoliyati bilan shug‘ullanish faqatgina mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан