Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taksichilik faoliyatida bir qator muhim o‘zgarishlar bo‘ladi
17.05.2021 11:58,  
435

“Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan yakka tartibdagi tashuvchilar o‘z faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi.

Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagilar uchun ruxsat etiladi:

yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;

yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish.

Yo‘lovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransportlarning rangi va maxsus seriyali davlat raqami belgisi bo‘yicha o‘rnatilgan amaldagi talablar 2023 yil 1 yanvargacha to‘xtatib turiladi.

Shuningdek, yo‘nalishsiz taksilar uchun avtomobilning old oynasining yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirog‘i, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini o‘rnatish talablari bekor qilindi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksi va yakka tartibdagi tashuvchilar uchun quyidagi talablar joriy etiladi:

● avtomobil tepasiga “TAXI” tanish belgili to‘q sariq rangli fonar o‘rnatish;

● to‘lovni amalga oshirish, shuningdek, bosib o‘tilgan yo‘lni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar (shu jumladan uyali telefonlar, planshetlar) bo‘lishi;

● avtomobilning priborlar panelida avtomobil transportining davlat raqami, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi hujjat (yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya/litsenziya varaqasi) va haydovchining telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotlar tablichkasi mavjud bo‘lishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан