Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taksida hali yo‘lovchi tashishga ruxsat berilmagani aytildi (video)
2.05.2020 10:22,  
457

Hozirda taksi xizmatlariga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmagan. Bu haqda yo‘l harakati xavfsizligini bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

"Yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishli taksilarga hali yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmagan, biroq Toshkentda ayrim haydovchilar ham yetkazib berish ham yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanishmoqda", - deyiladi boshqarma multimedia markazi tomonidan tayyorlangan videorolikda. 

YPH inspektori Akbar Hakimovning videoda aytishicha 30 aprel kuni Toshkent shahar Maxtumquli ko‘chasida Neksiya haydovchisi to‘xtatilgan. Uning yetkazib berish xizmatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan, ammo mashina salonida yo‘lovchi bor edi.

"Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma imzoladi", - deyiladi xabarda.

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан