Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talaba yotoqxonadan bir yilda o‘n oy foydalanish huquqiga ega – Musayev talabalar yotoqxonadan chiqarib yuborilayotgani haqida
21.05.2021 20:35,  
110

«Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlardan biri hukumat vakiliga OTMlarida ta’lim onlayn shaklga o‘tkazilgani sababli talabalar yotoqxonalardan chiqarilgani, biroq talabalar yotoqxona to‘lovini o‘quv yili oxiriga qadar to‘lagani haqida gapirdi va poytaxtda ham o‘qib, ham ishlayotgan talabalar yotoqxonalar yopilgach muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi. U ishlayotgan talabalar yotoqxonada qolishi mumkinmi degan mazmunda savol bilan murojaat qildi — deyiladi ’Xalq so‘zi’ xabarida.

«Yotoqxonada qolishi kerak, qolsa bo‘ladi. Agarda talaba oflayn shaklda o‘qisa, yoki masofaviy shaklda o‘qisa-da ishlayotgan talaba bo‘lsa, yotoqxonada qolishi kerak. Men bu masalani o‘rganaman, talaba nega chiqarib yuborilayotganini surishtiraman. Lekin talabalar yoz faslida yotoqxonada qolmaydi, o‘qish davomida bo‘lsa talaba yotoqxonadan bir yilda o‘n oy foydalanish huquqiga ega va ishini davom ettirishi mumkin. Agarda, yozda ham talabalar ishlaydi, talabalar yotoqxonadan foydalansa bo‘ladimi, deya taklif bildirsangiz, u masalani ham hal qilamiz», dedi B.Musayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан