Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talabalar turarjoylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi
8.07.2020 14:20,  
349

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, talabalar turarjoylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi.

Qarorga binoan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasida saqlanayotgan shaxslarni uy karantiniga hamda oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining talabalar turarjoylari bazasida tashkil etilgan karantinda saqlash joylariga o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan karantinda saqlash joylariga moslashtirish uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining ro‘yxati ishlab chiqiladi. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda OTM va kasb-hunar kollejlari talabalar turarjoylarini karantinda saqlash joylariga moslashtirish choralarini ko‘riladi.

Ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан