Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talabalar uchun yangilik
15.12.2021 22:39,  
500

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 2021 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi.

2021/2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 15 dekabrdagi qarori chiqarilgan.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021 yilning 15 noyabriga qadar to‘liq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy ta’lim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga to‘lov-kontrakt summasini to‘lashda bir martalik 10 foizli chegirmani qo‘llashga ruxsat berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан