Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ta’lim inspeksiyasining Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i tayinlandi
24.02.2021 19:46,  
472

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati bo‘limida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqida "Yangi O‘zbekiston" gazetasi internet nashri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2021 yil 22 fevraldagi buyrug‘iga asosan Umid Ochilovich Xalmonov Ta’lim inspeksiyasining Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Umid Xalmonov 1988 yilda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida tug‘ilgan.

2011 yilda Guliston davlat universiteti tarix yo‘nalishini imtiyozli tamomlagan. 2017 yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Umid Xalmonov ayni paytga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан