Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ta’lim sohasida tekshirilgan idoralarning 93 foizida 16,7 mlrd so‘mlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan
11.05.2020 15:35,  
242

Bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlarining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi.

Prokuratura organlarining faoliyati tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2019 yilda ta’lim sohasida tekshirilgan vazirlik va idoralarning 93 foizida 16,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlanib, bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshgan.

Shu bilan birga, qonunlar ijrosiga bevosita mas’ul idoralar tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilmasligi joylarda ko‘plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan.

Masalan, fuqarolarning uylari buzilishi munosabati bilan tegishli kompensatsiya pullarining o‘z vaqtida va to‘liq berilmasligi, daraxtlarning noqonuniy kesilishi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Bu borada prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 2,3 trln. so‘m zararlar undirilishiga erishilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан