Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talon-taroj qilingan byujet mablag‘lar haqida so‘z borgan Senatning yalpi majlisi
19.12.2020 12:51,  
367

Byudjet ijrosiga qarab islohotlarning qanday kechayotganini bilib olish mumkin. To‘g‘ri, bu yil oson bo‘lmadi. Shunga qaramasdan 9 oy davomida ko‘p ish qilingan. Biroq muammolar ham yetarli. Ayniqsa, mahalliy byudjetlar bilan bog‘liq tizimli muammolarning saqlanib qolayotgani hududlar palatasi sifatida bizni tashvishlantirishi tabiiy. Xususan, mahalliy byudjetlarda hosil bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larning 10 foizini jamoatchilik takliflariga ko‘ra yo‘naltirishning samarali, ochiq va shaffof tizimini yaratishga ehtiyoj bor. Umuman, mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha manbaning aniqlanishi va sarflanishi masalalarini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

Xabaringiz bor, biz shu yilning oktyabr oyida Hisob palatasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida mahalliy byudjetlar qo‘shimcha daromadlari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish holatini o‘rgandik. 146,5 mlrd. so‘mlik xato va kamchiliklarni aniqladik. Qurilishda qariyb 8 mlrd. so‘mlik xarajatlar ortiqcha va
yuqori narxlarda kiritilgan. Bajarilmagan ishlar uchun
1 mlrd. 600 mln. so‘mlik xarajatlar qo‘shib yozilgan.

Yoki Bosh prokuratura bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 9 oy davomida byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish bilan bog‘liq 764 ta qonun buzilishi holati, jumladan, 468 ta jinoyat aniqlangan. Yetkazilgan zarar qariyb 220 mlrd. so‘m.

Aksariyat qonun buzilishi holatlari ta’lim tizimida kuzatilgan. Tizimda umuman ishlamaydigan odamlarga yillar davomida oylik yozib kelingan.

Vazirliklar va hokimliklarda ham ahvol shu. Madaniyat vazirligida amalda yetkazib berilmagan mahsulotlar, bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 12 mlrd. so‘m byudjet mablag‘i talon-taroj qilingan. Biz, “moddiy-madaniy meros ob’yektlariga qaranglar, madaniyat markazlari xarob ahvolda”, desak pul yo‘q deyishadi. Amalda esa ahvol mana bunday.

Albatta, javobgarlik muqarrar, undan qochib ketib bo‘lmaydi. Muammo, bunga sharoit yaratib berayotgan omillar: ochiqlik ta’minlanmagan, mas’uliyat yo‘q, nazorat sust!

Tizim rahbarlari bu xususida bosh qotirishlari shart. Aks holda, bu kabi holatlar hali-beri tugamaydi"-dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан