Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talonchilik sodir etgan shaxslar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin
26.02.2021 13:40,  
328

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha: 2021 yilning 23 fevral kuni soat 03:30 larda noma’lum shaxslar Toshkent tumani Xasanboy guzari mahallasi hududida joylashgan issiqxonaning yotoqxonasiga kirib, u yerda bo‘lgan 36 yoshli Muazzam Yu., va 32 yoshli Sarvinoz X.,larni qo‘rqitib qimmatbaho buyumlarini berishlarini talab qilib, ularga tegishli 100 AQSh dollari, 810 000 so‘m pul mablag‘lari va “Samsung J-1”  rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 34 yoshli Erkin R., 21 yoshli Javohir K,, voyaga yetmagan 17 yoshli Shaxrizod B., va Xudoybergan K.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Erkin R., Javohir K,, Shaxrizod B., va Xudoybergan K.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан