Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taniqli bloger Musannif Adhamga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
31.08.2018 23:54,  
29

Feysbukda Musannif Adham nomi bilan tanilgan bloger Adham Olimovning Olmazor tumanidagi uyiga 28 avgust kuni kechqurun soat 18:00larda sakkiz nafar kishi borgan. Ularning orasida mahalla uchastkavoyi bo‘lmagan. Uy egalari uchastkavoyni so‘raganda, kasalligini aytib, begona militsionerni uchastkavoy deb tanishtirishgan. Tashrif buyurganlar ism-familiyasini oshkor qilmagan.

Shundan keyin ular uyni tintib kompyuter, telefon, fleshka, xard disk kabi ashyolarni soat 20:00larda olib ketishgan. Uy egalariga Toshkent shahar prokurori sanksiyasi bor, deb aytilgan. Shuningdek, Adham Olimov ham Olmazor tumani IIBga olib ketilgan.

Uning oila a’zolari IIBga ma’lumot olish uchun kelgan, ammo ertaga soat 9:00da kelishlari so‘ralgan. Ertasiga ham hech qanday ma’lumot berilmagan. Biroq Adham Olimovning 48 soatdan so‘ng telefon qilish huquqi borligini aytib, kutishni maslahat berishgan. Ular Toshkent shahar IIBga kelganda olib ketilgan buyumlar ekspertizada ekanligini aytishgan.

30 avgust kuni oila a’zolari advokat maslahati bilan Toshkent shahar bosh prokuraturasiga ariza yozgan. Ular arizachini Olmazor prokuraturasiga yo‘llagan. Olmazor prokuraturasining navbatchi prokurori “Adham panelniyda ekanligi, unga 15 kunlik ma’muriy jazo tayinlanganligini aytgan”. Biroq ma’muriy jazo tayinlangani haqida biror bir hujjat taqdim etmagan. Panelniyga borilganda ular “28 avgust kuni Adham Olimov olib kelingani, biroq 29 kuni qayta olib ketilganini bildirgan”.

Internet saytlarining yozishicha, Musannif Adham go‘yo militsiya xodimining xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik qilgani uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi va eng kam ish haqi miqdorida jarima to‘lash yuklatilgan.

Oila a’zolarining aytishicha, Adham Olimovga va ularning oilasiga ilgari bosim ko‘rsatish va davlat javobgarlikka tortish holatlari sodir bo‘lmagan.

Musannif Adham Facebook tarmog‘ida mashhur blogerlardan bo‘lib, besh yarim mingdan ortiq mushtariysi bor. U, asosan, turli ijtimoiy muammolar va diniy masalalarga oid postlar qo‘yib keladi. Faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid holatlar namoyon etmagan. U turli xayriya va yordamlarga oid e’lonlarni ham ulashishda faoldir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан