Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taniqli epidemiolog O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi
11.03.2020 17:15,  
369

Taniqli xalqaro ekspert, BMTning Xalqaro vaksina instituti bosh direktorining o‘rinbosari Mixail Favorov O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassisning maqsadi mamlakatimizga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hisoblanadi.

Mixail Favorov

Mutaxassis ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalardagi tibbiyot xodimlariga maslahat yordamini ko‘rsatadi.

“Xalqaro vaksina instituti bosh direktorining o‘rinbosari sifatida dunyoda turli infeksiyali kasalliklar, jumladan, papilloma virusi, vabo, gripp, pnevmokokk va meningokok kabi qator og‘ir turdagi yuqumli infeksiyalarning oldini olish, profilaktikasi, tashxisi va uni zamonaviy davolash usullarini qo‘llash borasida katta tajirab ega taniqli mutaxassis hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

Mixail Favorov 40 yillik umrini dunyoning turli hududlarida yuqumli kasalliklarni o‘rganish va oldini olish sohasiga bag‘ishlagan. 100 dan ortiq dolzarb ilmiy ishlarning muallifidir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан