Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taniqli professor, tarjimon Muhammadjon Xolbekov vafot etdi
28.10.2020 17:45,  
173

Taniqli pedagog va mohir tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor Muhammadjon Xolbekov vafot etdi.

Muhammadjon Xolbekov 1950 yilda Samarqandda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Samarqand davlat pedagogika institutida, Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani, filologiya yo‘nalishi bo‘yicha himoya kengashi a’zosi bo‘lib ishlagan. 1982 yilda nomzodlik, 1989 yilda doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan.

1999-2005 yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti fransuz filologiyasi fakulteti dekani va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2006 yildan Jizzax davlat pedagogika institutida, O‘zbekiston jahon tillari universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida yosh tadqiqotchilarga rahbarlik qilgan.

Muhammadjon Xolbekovning fransuz adabiyotidan qilgan o‘nlab tarjimalari nashr etilgan. 

Uning “O‘zbek adabiyoti Fransiyada”, “Amir Temurning Yevropa qirollari bilan yozishmalari”, “Uilyam Shekspir”, “XX asr modern adabiyoti manzaralari” kabi risolalari nashr etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан