Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taniqli sobiq deputat avtomobilni mast holatda boshqargani aniqlandi
31.01.2021 16:25,  
1385

Tarmoqda fuqaro va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari orasida yuzaga kelgan kelishmovchilik videosi tarqaldi. 

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 26 yanvar kuni Yashnobod tumanidagi Mirzo-Ulug‘bek va Sultonali Mashxadiy ko‘chalari kesishmasida  «Captiva» rusumli avtomobili haydovchisiga to‘xtash haqida ishora bergan. Ammo haydovchi harakatni davom ettirgan. 

Avtomobil Mirzo-Ulug‘bek va Mahtumquli ko‘chalari kesishmasida to‘xtatilgan. Avtomobilni boshqarib borgan 36 yoshli Toshkent viloyatilik Qabul D. inspektorga transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim qila olmagan. 

Muloqot davomida yo‘l-patrul xizmati haydovchi spirtli ichimlik ta’siri ostida ekanligidan shubhalanib, uni ekspertizaga borishni taklif qilgan. Haydovchi avval bosh tortib, keyin tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘ldi. Natijada u spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani aniqlangan. 

Qabul D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131 moddasi birinchi qismi («Transport vositalarini mast holda boshqarish») bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан