Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taniqli rus razvedkachisi 103 yoshida vafot etdi
13.02.2020 18:54,  
1014

Taniqli rus razvedkachisi, Rossiya Qahramoni Aleksey Botyan vafot etdi. Bu haqda Rossiya tashqi razvetka xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

10 fevral kuni Botyan 103 yoshga kirgan edi.

Aleksey Botyan 1917 yilda hozirgi Belarusning Vilna guberniyasida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishida u Polsha armiyasi tarkibida ishtirok etgan.

1941 yilda SSSR fuqaroligini olgan va razvedka faoliyati bilan shug‘ullangan.

1945 yilning yanvarida Dunay daryosiga qurilgan to‘g‘onni vayron qilishga mo‘ljallangan Yagellon qasridagi nemislarning o‘q-dori omborini yo‘q qilgan va bu orqali Krakov (Polsha) shahrini suv bosishidan saqlab qolgan.

Botyan taniqli yozuvchi Yulian Semyonovning “Mayor Vixr” romani hamda roman asosida suratga olingan film qahramonining hayotdagi prototipidir.

2007 yilning may oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti buyrug‘i bilan “Krakovni saqlab qolganligi uchun” Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан