Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tanish holat.Britaniya fuqarosi aldov yo‘li bilan taxminan 7,8 milliard so‘m davlat nafaqasini rasmiylashtirib oldi.
4.01.2021 11:32,  
221

Britaniya fuqarosi aldov yo‘li bilan davlat nafaqasini rasmiylashtirib oldi. Lekin ko‘p o‘tmay firibgarligi fosh bo‘ldi. Noqonuniy yo‘l bilan olingan mablag‘ni qaytarish uchun unga ming yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, deb yozadi «The Sun».
Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi odam soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan holda jami 551 ming funt sterling (taxminan 7,8 milliard so‘m) nafaqa olishga muvaffaq bo‘lgan. Sud pulni qaytarishni talab qildi. Shu maqsadda unga universal davlat krediti taqdim etildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1344 yil davomida har oy 34,16 funt sterlingdan kredit to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Nashrning ta’kidlashicha, Mehnat vazirligi va pensiya ta’minotini hisoblashda mas’ul bo‘lgan regulyator tomonidan hisoblashda xatoga yo‘l qo‘yilgan.
2019 yilda shunga o‘xshash noto‘g‘ri hisob-kitoblar tufayli mamlakat byudjeti taxminan 4,7 milliard funt sterling miqdorida zarar ko‘rgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан