Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tanishing: 38 yoshli tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev
30.11.2017 10:20,  
394

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan, vazirlikning yangi rahbari etib Jamshid Xo‘jayev tayinlandi. Bundan oldin J. Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi birinchi o‘rinbosari–Davlat byudjetini to‘ldirish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Elyor G‘aniyev Prezident apparatiga ishga o‘tganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Elyor Madjidovich 1960 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1997 yildan buyon O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy va Savdo aloqalari sohasi   rahbari vazifasida ishlab kelgan. 2005-2006 va 2010-2012 yillarda Tashqi ishlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Jamshid Xo‘jayev 1979 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2003 yilda Birmingem universitetini (Buyuk Britaniya) bitirgan (“Umid” jamg‘armasi granti asosida).  2017 yil 14 avgustga qadar TIF Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Bugunga qadar Hisob palatasi birinchi o‘rinbosari–Davlat byudjetini to‘ldirish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан