Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Tanqidiy xabarlar javobsiz qolyapti» — Prezident matbuot kotibi
8.04.2021 13:49,  
153

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 7 aprel kuni vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda matbuot xizmatlari faoliyati, ularning jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik darajasi tahlil qilindi, deyiladi matbuot kotibning Facebook’dagi sahifasida.

«Keyingi besh yilda mamlakatda butkul yangi — davlat idoralari va tashkilotlarining matbuot kotiblari instituti shakllangan bo‘lib, ularga keng vakolat va imkoniyatlar taqdim etilgani alohida qayd etildi. Endilikda ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zlari ishlayotgan tashkilotning ochiqligini ta’minlash va islohotlar natijasini aholiga yetkazishdagi rolini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ayrim vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari sust ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi», — deyiladi xabarda.

Matbuot kotiblariga yuzlana turib Sherzod Asadov shunday dedi: «Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolyapti. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan tanqidiy materiallarga tezkor munosabat bildirish, aholiga to‘liq axborot berish shart. Bu bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirishimiz, hamkorlik vertikalini yaratishimiz kerak. Buning uchun prezident matbuot xizmati doimo ochiq».

Ta’kidlanishicha, muloqot davomida «prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olingan».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан