Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tanzaniya prezidentining dafn marosimida uning jasadini ko‘rmoqchi bo‘lgan 45 kishi halok bo‘ldi
31.03.2021 08:56,  
483

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli bilan vidolashish marosimida yuzaga kelgan olomon tiqilinchi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi. Bu haqda Tanzaniya politsiyasi ma’lumotiga tayanib, Meduza’ga asoslanib Daryo xabar berdi.

Avvalroq Magufulining dafn marosimida besh kishi oyoq ostida qolib, halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi. Ularning barchasi bir oilaning a’zolari ekani ma’lum bo‘lgan. Tiqilinch 21 mart kuni Dar-es-Salamdagi stadionda marhum prezidentning tobuti jamoat bilan vidolashish uchun namoyish etilgan payt yuz bergan.

«Odamlar marhum rahbarga bo‘lgan muhabbatini izhor etish uchun kelgan edi, ammo ular nihoyatda ko‘p edi, ba’zilari esa sabrsizlik qilib, stadionga aylanma yo‘llar bilan kirishga harakat qilgan», — dedi politsiya hodisa sababiga izoh berar ekan.

Jon Magufuli 61 yoshida vafot etdi. Avvalroq Tanzaniya muxolifati rahbari Tundu Lissu prezidentning koronavirus bilan kasallangani va qo‘shni davlat Keniyada kasalxonaga yotqizilgani haqida aytgandi. Ammo prezident o‘limining rasmiy sababi sifatida yurak bilan bog‘liq muammolari keltirildi.

Uning o‘limidan so‘ng Tanzaniya sobiq vitse-prezidenti Samiya Suluhu Hasan mamlakat prezidenti sifatida qasamyod qildi. Shu tariqa Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik lavozimini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Magufuli mamlakatda cheklovlar joriy qilishdan bosh tortgan va tibbiy niqob taqmaganlarni olqishlagan. Infeksiya tarqalishiga qarshi kurashishning ilmiy usullari o‘rniga, prezident tanzaniyaliklardan COVID-19 ustidan g‘alaba uchun ibodat qilishni so‘ragan va «koronavirus — iblis» deb ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi birdamlik jamg‘armasi Tanzaniyaga koronavirus pandemiyasi va uning iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun mablag‘ ajratgan. Ushbu mablag‘lar shaxsiy himoya vositalarini sotib olishga, vaksinalar, dori-darmonlarni ishlab chiqarishga, aholini emlash va koronavirus tarqalishiga qarshi qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanishi kerak edi.

Biroq epidemiya bilan kurashish uchun pul olganidan so‘ng Tanzaniya hukumati mamlakatni koronavirusdan xoli deb e’lon qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан