Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tanzila Norboyeva va bir guruh senatorlar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
29.04.2021 08:06,  
340

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi  “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi. 

27 aprle kuni ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi. Senat Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ular orasida 6 nafar Oliy Majlis Senati a’zolari ham bor.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxanov, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov birinchi  darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан