Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tanzila Norboyeva: «Xotinlariga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas»
18.11.2021 20:06,  
56

Senat raisi Tanzila Norboyeva 18 noyabr kuni o‘tkazilgan 21-yalpi majlis davomida ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari, xotinlariga zo‘ravonlik qilayotgan erlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«NNT tomonidan ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari xalqaro standartlar asosida ish olib boryapti, biz xotin-qizlarga ijtimoiy yordam berishda ularning tajribasidan ham foydalanishimiz kerak. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda kadrlar salohiyati masalasi ham muhim. Kimlar ayollarni reabilitatsiya qilyapti? Kimlar ayollarga psixologik, ijtimoiy-huquqiy yordam beryapti? Bu borada ham muammolar yetarli», — degan Tanzila Norboyeva.

Senat raisi bugungi kunda yordamga muhtoj ayollarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya orderlari berilayotgani, lekin o‘sha ayol bir oydan so‘ng zo‘ravon eri bilan yana hayotini davom ettirayotgani, yana qaytadan avvalgi salbiy holatlar yuz berayotganini ham qayd etib o‘tgan.

«Shuning uchun biz birinchi navbatda bu toifadagi ayollarni to‘liq normal hayotga qaytarish choralarini ko‘rishimiz kerak. Ularni ‘ayollar daftari’ga kiritib, uy-joy masalasi, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish lozim. Bu ham inson huquqi, ayol huquqi», — deydi u.

Tanzila Norboyeva, shuningdek, xotinlariga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emasligini ta’kidlagan.

«Xotinlariga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas. Garchand ular qonunchiligimizda belgilangan bo‘lishiga qaramay. Shunday bo‘lsa ham bu bo‘yicha ishlarni tizimli nazoratga olish kerak», — degan Senat raisi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан