Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tanzila Norboyeva: Qani hokim, deputat va sektor rahbari? Nega fuqarolar Prezident yoki boshqa amaldorlarga ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilyapti?
6.01.2021 12:36,  
1870

Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida Senat Raisi Tanzila Norboyeva joriy yilda Mahalliy kengashlar faoliyati davomida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
– Bugungi kungacha mahalliy davlat boshqaruv organlarining 25 dan ortiq masalalarda mahalliy Kengashlarda hisobot berishi belgilab qo‘yilgan, buni hamma Mahalliy kengashlar yaxshi biladi. Shunday ekan, bu masala Mahalliy kengashning ish rejasida to‘liq aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda ish rejalar hududlarning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Mahalliy kengash byudjetni tasdiqlab beruvchi emas, balki byudjetni ijroga yo‘naltiruvchi organga aylanishi kun talabidir.
Juda ko‘p murojaatlar bo‘ladi, ba’zilarining huquqiy asosi yo‘q va noto‘g‘ri murojaatlar ham bo‘ladi. Xalqimiz tushunmasligi mumkin, buni erinmasdan tushuntirib berish kerak. Mana shu ishlar qilinmagani uchun bular ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketyapti. Ijtimoiy tarmoqqa chiqib, murojaat qilish urf bo‘lyapti.
Qani hokim, deputat va sektor rahbari? Nega fuqarolar Prezident yoki boshqa amaldorlarga ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilyapti? Demak, ana shu organlarning ishi qoniqarsiz bo‘lgani uchun odamlar shunga majbur bo‘lyapti. Bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz lozim, hal etilmagan yoki to‘g‘ri tushuntirilmagan har qanday masala ijtimoiy kayfiyatga salbiy ta’sir etadi.
Senatga Mahalliy kengashlar deputatlaridan minnatdorlik xatlari bilan birga, o‘z deputatini tanimaslik, mahallaga biron marta kelmaganlik, murojaat qilsa, umuman javob bermaslik kabi holatlar bo‘yicha ham murojaatlar kelmoqda. Ayrim deputatlar xalqning vakili sifatidagi vazifasini to‘liq bajara olmayapti, – dedi Tanzila Norboyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан