Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan 5 kishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi
3.07.2019 15:21,  
6

Bosh prokuraturada joriy yil 2 iyul kuni Bosh prokuror raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etishni so‘rab taqdim etgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, komissiya 5 nafar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida xulosa qildi. Shuningdek, ularni O‘zbekistonga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bugungi kunda ushbu masala bo‘yicha kelib tushgan yana 8 ta murojaat ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан