Tarki odat-amri mahol yoxud Facebook'​dan ozod bo‘lishga birinchi qadam (Qo‘llanma!)

Tarki odat-amri mahol yoxud  Facebook'​dan ozod bo‘lishga birinchi qadam (Qo‘llanma!)

Tan olish kerak, men Facebook​ bilan shaxmatga ruju qo‘yganman va bu boshqa ishlarimga xalaqit qiladi, deb yozmoqda bloger Sardor Salim.

Tadqiqotchilarning aytishicha, odam Facebook​, Telegram va ayniqsa Facebook​ kabi ijtimoiy tarmoqlarga yoki o‘yinlarga ko‘p vaqt ketgazyotgan bo‘lsa, demak bu ijtimoiy media uning muayyan (va balkim, o‘zi ham anglamayotgan) ichki ehtiyojlarini qondiryapti. Masalan, FB kimgadir hayotida yetishmayotgan muloqotni beradi, «tan olinmagan geniy» (siyosatchi, inflyunser​ va hkzlar) layklar orqali o‘z qadrini (self-esteem​) oshiradi, qizlar ochiq fotolari orqali o‘zini sevilgandek his qiladi.

Xullas, ijtimoiy tarmoqlarda (o‘yin, TV, va hkz) me’yoridan ortiq vaqt ketgazyapsizmi, bilingki, sizda muayyan psixologik bo‘shliq bor, ko‘nglingiz real hayotdan negadir to‘lmayapti.

Odam mana shu psixologik bo‘shliqning asl sabablarini topishi uchun FBni jilovlashi kerak. Lekin jilovlolmaydi, iroda ham, o‘ziga-o‘zi so‘z berishlar, dushanbadan yangi hayot boshlashlar ham yordam bermaydi.

Ko‘p qiynalib, internet bilan bog‘liq yomon odatlarni jilovlashning garantiyalangan usulni topdim:

1) Kompyuterga ColdTurkey​ dasturini o‘rnatasiz (Yuklash:https://bit.ly/2m5Kqrz). Qaysi saytga yoki dasturga ruju qo‘ygan bo‘lsangiz, shuni bloklaysiz. To‘liq, qisman, muayyan vaqtga bloklash opsiyalari bor. Masalan, kompda Facebook​'dan kuniga 20 daqiqa foydalanishim mumkin, keyin avtomat bloklanadi.

2) Android smartfonga AppBlock - Stay Focused application​ o‘rnatasiz (Yuklash: https://bit.ly/2kytutc). Telefondan ham sayt va applarni bloklaysiz. Masalan, men Telegramni va Chrome browser​'ni kuniga 5 daqiqaga ruxsat berganman (favqulodda holatlar uchungina).

3) Kompyuterga ChronoControl​ o‘rnatasiz (https://drive.google.com/open…). Bu dastur har 50 daqiqada kompyuterni bloklaydi (ko‘z va miya dam olishi uchun).

Bu uchta ilova sizga ozgina o‘zingizga kelib olishingizga yordam beradi. Lekin psixologik bo‘shliq hali ham bor, buni ustida ishlash kerak.