Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashkent City hududida "Madam Tyusso" muzeyi nusxasi ish boshladi
17.10.2019 12:21,  
315

Londondagi "Madam Tyusso" muzeyining kichik namunasi endi poytaxtimizda, Tashkent City hududida ish boshladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Siz bu yerda dunyoga mashhur insonlarning mum haykallariga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Yaqinda unga xalqimizning sevimli so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning mum haykali ham keltiriladi.

Muzey Tashkent City’dagi Planetariyda joylashgan.

Hozircha muzeyda Merilin Monro, Jonni Depp (Jek Chumchuq), Charli Chaplin, Rouen Atkinson (Janob Bin), Arnold Shvarsneger (Terminator), Bryus Uills, Mayk Tayson, Yelizaveta II, Donald Tramp, Mark Sukerberg, Albert Eynshteyn, Bill Geyts mum haykallari mavjud.

Muzey xodimlarining aytishicha, hind va turk aktyorlarining mum haykallari ham yaqin orada keltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан