Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashkent City parkiga pullik kirish tartibi yana uzaytirildi
11.01.2021 22:25,  
710

Tashkent City parkiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi. Siti rahbari bu o‘zgarish bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi. Markaz direksiyasining bu haqidagi buyrug‘i 11-yanvar kuni chiqarilgan.

Tashkent Cityning parkiga kirish Yangi yil bayrami arafasida — 2020-yil 17-dekabr kuni pullik qilib belgilangan edi. Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 ming so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming so‘m, pensionerlarga — 5 ming so‘m (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).O‘shanda Siti direksiyasi rahbari Bahrom Rizayev “pullik rejim bir oyga rejalashtirilgani, keyingi natijalarga qarab biror-bir xulosaga kelinishi”ni ma’lum qilgan edi.

"Dastlabki reja bo‘yicha, pullik kirish tartibi 10-yanvarga qadar davom etishi kerak edi. Biroq 11-yanvar kuni Bahrom Rizayev pullik kirish tartibini 31-martga qadar uzaytirish to‘g‘risida buyruq chiqargan.Buyruqda ta’kidlanishicha, pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bog‘ infratuzilma va obyektlarini 2021-yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgan. Siti hududiga kirish tariflari o‘zgarishsiz qoldirilgan"-deya ma’lum qilmoqda Daryo.uz

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан