Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Tashkent City tarkibidagi birorta qurilish tasdiqdan o‘tmagan» — Murod Nazarov
8.06.2021 15:25,  
1046

Tashkent City hududi maxsus hudud bo‘lib, u yerda qurilish ishlari amalga oshirilayotgan binolarning birortasi tegishli quyi idoralarning tasdig‘idan o‘tmagan. Bu haqda Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov «Rost24.uz» saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Jurnalist Murod Nazarovga «Nima uchun Toshkent shahrida qurilish rejalashtirgan har qanday tadbirkor tegishli idoralar ruxsati bilan ish boshlaydi-yu Tashkent City hududidagi qurilish ishlariga bu qoida tegishli emas? Toshkentda eng yirik qurilish nima uchun haligacha tegishli qurilish idoralari ruxsatini olmagan?», deya savol bergan.

Tadbirkor bunga javoban Tashkent City hududi maxsus hudud ekanligini ma’lum qilgan.

«Tashkent City hududidagi qaysi bino tasdiqdan o‘tganiga javob bersangiz, keyin men javob beraman. Bu hudud maxsus hudud, bu joyda parallel loyihalashtirish va parallel ishlarni olib borish ruxsati bilan tashkil qilingan joy. Faqat Nest One emas, balki bitgan Hilton mehmonxonasining hujjatlari hozir ham tayyorlanmoqda», — deydi Murod Nazarov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан