Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashkilotlar 10 kunda 2 ming martadan ko‘p mehnat qonunchiligini buzdi
12.03.2020 12:36,  
347

Tashkilot va idoralarda ish vaqti me’yorlariga qat’iy amal qilinishiga erishish, xodimlarning ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishga jalb etilishiga barham berish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilyapti.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, kelib tushgan murojaatlar asosida monitoringlar o‘tkazilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan jazo choralari ko‘rilgan.

2020 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Davlat mehnat inspeksyasi tomonidan 3993 marta monitoring o‘tkazildi. O‘rganishlar 2450 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlanganini ko‘rsatdi. Shularning 1716 tasida xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga hamda 734 tasida dam olish kunlari ishga jalb etilgan.

Natijada 5261 ta tashkilotga yozma ogohlantirish, 465 tasiga yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 49 tasi jarimaga tortilgan.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasining bu kabi monitoring tadbirlari davom ettirishini ma’lum qildi.

Agar sizning mehnat huquqlaringiz buzilsa, Davlat mehnat inspeksiyasining dmi.mehnat.uz murojaatlar cayti, 1176 – qisqa raqamli ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot maxsus telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан