Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonning Xitoydagi yangi elchisi etib tayinlandi
30.12.2021 21:53,  
58

Senat kengashining 28 dekabrdagi qaroriga muvofiq Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farhod Arziyev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlab keladi. Vazirlik markaziy apparati hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida katta tajriba to‘plagan.

Xususan, 2014—2017 yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi maslahatchi, 2017—2020 yillarda O‘zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Dehli shahrida), 2020—2021 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан