Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni Xitoyda COVID-19’ga qarshi yangi tartib joriy etilganligidan ogohlantirdi
26.01.2021 09:49,  
162

Pekinga keluvchilar uchun 2021 yil 19 yanvardan karantin muddati 28 kungacha uzaytirildi. Boshqa shaharlar orqali u yerga kelinganida, yana 7 kun kuzatuvga olinadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning turli hududlarida, jumladan, Pekin shahri aholisi o‘rtasida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning yangi holatlari ro‘y bergani munosabati bilan Xitoyda bo‘lib turgan va mazkur mamlakatga borishni rejalashtirayotgan vatandoshlarni ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, xorijdan Xitoyning boshqa shaharlari orqali Pekinga kirmoqchi bo‘lganlar poytaxtga kirishdan oldin o‘sha shaharlarda 21 kun karantinda bo‘ladi. Pekinga yetib kelgach, ularning salomatligi 7 kun davomida yana kuzatuvga olinadi. Shuningdek, O‘zbekistonga qaytgan va o‘qishni/mehnat faoliyatini davom ettirish maqsadida Xitoyga qaytishni rejalashtirayotgan vatandoshlarlarga ta’lim muassasasi/ish beruvchi bilan bog‘lanib, o‘zlarining Xitoyga qaytishlari bo‘yicha maslahatlashib olishlari tavsiya etilmoqda.

Bundan tashqari, Xitoydan O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan vatandoshlar Cian–Toshkent–Cian yo‘nalishida charter havo qatnovlarini amalga oshirayotgan Xitoy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanish tavsiya qilingan. Talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalar uchun aviachipta xarid qilishda chegirma mavjud.

O‘zbekiston fuqarolari shuningdek, XXRdan Seul shahriga (Koreya Respublikasi) yetib olishi va ayeroportning tranzit hududidan chiqmagan holda haftaning har juma kuni Uzbekistan Airways amalga oshirayotgan Toshkent–Seul–Toshkent reyslar orqali O‘zbekistonga qaytishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан