Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaga ketayotgan fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi
3.09.2019 20:02,  
41

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiyada bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi.

TIV xabarida qayd etilishicha, hozirgi paytda Turkiyaning Istanbul shahrida huquqiy tartib va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda shaharda noqonuniy yurgan xorijiy fuqarolarni aniqlash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish borasida transport vositalarida, ish va yashash hamda jamoat joylarida muntazam tekshiruvlar olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan xorijiy fuqarolarga qo‘yilgan talablar va zarur me’yoriy hujjatlarni o‘rganish va vatandoshlarni huquqbuzar holatiga tushib qolishini oldini olish maqsadida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi shahar Xavfsizlik boshqarmasi va migratsiya xizmati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Turk mutaxassislarining ta’kidlashicha, aksar xorijiy fuqarolar Turkiyada yashash huquqini beruvchi (ikamyet izni) va ishlashga ruxsat beruvchi (çalişma izni) hujjatlar farqini bilmaydi.

Qonunga muvofiq yashash huquqini beruvchi hujjatga ega chet el fuqarolari Turkiya hududida ishlashni istasalar, albatta, qo‘shimcha ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarga ham ega bo‘lishlari shart. Aks holda, ular qonunni buzgan hisoblanadi va ularga nisbatan choralar ko‘riladi.

Ma’lumki, 2018 yilning oktyabr oyidan boshlab Turkiya O‘zbekiston fuqarolariga Turkiya hududida 90 kun davomida vizasiz yurishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu muddat Turkiyada ishlash maqsadida kelgan xorijiy fuqarolarga yashash huquqi va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetarli muddat hisoblanadi.

Bundan tashqari Turkiyaning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turk ish beruvchilari bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish orqali Turkiyaga kelishidan oldin ham ishlash huquqini beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Bu esa, ishlashga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolarning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Shu munosabat bilan Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini barcha kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga va mamlakatda mavjud qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqirgan.

Zarur holatlarda fuqarolar O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga (0312) 441-17-46, e-mail: [email protected], faks: +90 312 442 70 58) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga(+90 212 323-20-37, faks:+90 212 312 20 40, e-mail:[email protected]) murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан