Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi qarzi oshib borayotgan O‘zbekiston, hunarmandlar uchun ayrim imtiyozlar, Surxondaryo viloyatida yangi tuman va kunning boshqa muhim xabarlari
30.11.2019 21:46,  
198

30 noyabr kuni yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan Sof.uz dayjestida tanishtiramiz.

Konstitutsiya kunida janob Prezidentdan eshitishni istaganlarim

Demokratik islohotlar O‘zbekistonda endi ortga qaytmas tus oldi», deya davlatimiz rahbari baralla e’lon qildi. Bu mamlakatdagi siyosiy irodaning halq oldida bergan katta va mas’uliyatli va’dasidir. Bunday sobitqadam halqchil siyosatni va siyosatchini xalqimiz ko‘p yillardan buyon kutib kelayotgan edi.

«Maqsad foyda keltirishmi yoki xalqni sog‘in sigirdek sog‘ishmi?»

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning telefonlarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Madaniyat vazirligi jurnalistlarni «uxlatib» ketdi...mi?

«Surxon yoshlari» gazetasining bosh muharriri Isroil Shomirov Feysbuk sahifasida shu yilning 5-10 aprel kunlari Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan Xalqaro baxshichilik festivali doirasida Termiz shahrida «Matbuot markazi» tashkil etilib, unda ish olib borgan jurnalistlar o‘rtasida mediatanlov e’lon qilingani, bunga pul ajratilgani, lekin haligacha bu mablag‘ jurnalistlar qo‘liga tegmaganini yozdi.

Surxondaryo viloyatida yangi tuman tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda deputatlar Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish hamda Qiziriq, Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari hududlari chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Sovuq bo‘lishiga qaramay, maktab qizlari amaldorlar oldiga atlas ko‘ylakda olib chiqildi

Tojikiston janubidagi Temurmalik tumanida yangi dorixonaning ochilish marosimiga maktab qizlari milliy atlas matosidan tikilgan, yupqa ko‘ylaklar kiyib chiqishga majbur qilingan. Ochilish marosimiga kelgan amaldor – tuman hokimi Fotih Aminzodaning o‘zi va uning yordamchilari esa ob-havoga mos, issiq kurtkalar kiyib kelishgan.

O‘zbekistonning tashqi qarzi bir yil ichida salkam 2 barobarga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi Abduqodir Toshqulov vazirliklar va idoralar olingan tashqi qarzlarni nechog‘li samarali, maqsadli ishlatayotgani, bu qanday nazorat qilinayotgani bilan qiziqdi.

O‘zbekistonda hunarmandlarga ayrim imtiyozlar berildi

Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Dam olish kunlari uzoq vaqt uxlashning xavfli jihatlari aniqlandi

Mutaxassislarning tadqiqotlari dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash charchoq va uyqusizlikni qoplaydi, degan afsonani chippakka chiqardi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан