Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi reklamani joylashtirishga oid talablar — qonunga 4 ta moddadan iborat alohida bob kiritilmoqda
23.12.2021 19:26,  
67

Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori o‘rinbosari A’zam Qurbonov mavzu yuzasidan ma’lumot berdi:

Agentlik tomonidan 2 ta asosiy qonun hisoblangan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarni ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilgan holda takomillashtirish bo‘yicha 2 yil davomida ko‘plab o‘rganish, tahlil, muhokama va boshqa tadbirlar tashkil etildi.

Olib borilgan ishlar natijasida mazkur qonun loyihalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi va ularni palata yalpi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqishda bir necha marotaba keskin muhokamalar yuzaga keldi.

Hozirda, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullandi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2-o‘qishida ko‘rib chiqilmoqda.

Shundan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

1) Konstitutsiyamizning 53-moddasida iste’molchilarning huquqi ustunligi, bacha mulk shakllari va huquqlar baravar muhofaza qilinishi kafolatlangan.

Shu munosabat bilan Qonunda iste’molchiga shartnomaviy munosabatlarda o‘z talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq berilishi belgilanmoqda.

2) Iste’molchiga tovar (ish, xizmat), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilishi belgilanmoqda;

3) sotuvchiga (ijrochiga) haq to‘lash shakliga qarab (naqd va naqd pulsiz) tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli), shuningdek bir xil hajmdagi va sifatdagi ishlar, xizmatlar uchun har xil narx (tarif) belgilash taqiqlanmoqda;

4) iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarishda tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, pulni qaytarish ham xuddi shunday shaklda amalga oshirilishi belgilanmoqda;

5) iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib berishga yoki qaytarib olishga doir talabi, agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, uning iste’mol xususiyatlari saqlanib qolgan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa va iste’molchi tovarni ushbu sotuvchidan sotib olganligiga oid asosga ega bo‘lsa, qanoatlantirilishi o‘rnatilmoqda;

6) iste’molchiga nuqsonli va talabga javob bermaydigan tovar sotilganligini aniqlash (ekspertiza qilish) bilan bog‘liq xarajatlar sotuvchi tomonidan qoplanishi belgilanmoqda;

7) shartnomaga iste’molchilarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan shartlarni kiritish, shuningdek ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni bermaslik taqiqlanmoqda;

8) sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda iste’molchiga o‘zining qonunchilikda belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq berilmoqda.

Iste’molchining huquqi ustuvorligi tomonlar (sotuvchi va iste’molchi) huquqi teng bo‘lgan va iste’molchi o‘z majburiyatlarini bajargan holatda yuzaga keladi.

9) tovarlarni masofadan turib va axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari joriy etilmoqda.

Bunda sotuvchi iste’molchiga:

◾️ shartnoma tuzilgunga qadar sotuvchi, tovar yoki uni yetkazib berish tartibi va boshqa shartlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi;

◾️ belgilangan muddatlarda to‘langan summa qaytarilmagan taqdirda, har bir kun uchun tovar narxining 1 foizi miqdorida penya to‘laydi, tovarni qaytarish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni esa o‘z zimmasiga oladi;

10) Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlari mustahkamlanmoqda;

11) iste’molchilar jamoat birlashmalarining huquqlari belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish, sotuvchining iste’molchi oldidagi mas’uliyati va javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, yangi tahrirda tayyorlangan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:

1. Qonun normalarini qo‘llashda noaniqliklarga olib kelgan ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilmoqda va yangi tushunchalar qo‘shilmoqda (“axloqsiz reklama”, “uyg‘unlashtirilgan reklama”, “xomiylik reklamasi” va boshqalar).

2. Reklama sohasini tartibga solish bo‘yicha Hukumat, vakolatli davlat organi va nodavlat tashkilotlarning vakolatlari belgilanmoqda.

3. Televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiya, jumladan mobil aloqa tarmoqlarida reklama joylashtirish tartibi takomillashtirilmoqda, xususan:

◾️ teleradiotashkilotlar uchun reklama joylashtirishga ajratilgan vaqt har bir soatiga amaldagi 10 foizdan 20 foizga uzaytirilmoqda va boshqa talablar liberallashtirilmoqda;

◾️ telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida reklamani tarqatishga faqat abonentning oldindan roziligi bo‘lsagina yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

4. Rag‘batlantiruvchi aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazishga hamda ularni reklamasiga doir aniq tartib o‘rnatilmoqda;

5. Tashqi reklamani joylashtirishga oid talablarni belgilovchi 4 ta moddadan iborat alohida bob kiritilmoqda.

6. Elektron tijoratda mahsulot reklamasi, internet jahon axborot tarmog‘i vositasida tarqatiladigan reklamani tartibga soluvchi yangi talablar kiritilmoqda.

7. Dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar, energetik ichimliklar, xalq tabobati mahsulotlari reklamasiga doir talablar takomillashtirilmoqda.

8. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar o‘rnatilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining maqsadi:

◾️ O‘zbekiston Respublikasi hududida reklamani ishlab chiqarish, tarqatish, joylashtirish va foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish;

◾️ tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish;

◾️ mahsulotning xususiyati, tayyorlanish usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlarni reklama vositasida tarqatilishining oldini olish;

◾️ jismoniy va yuridik shaxslarni, jumladan voyaga yetmaganlarni nomuvofiq reklamadan himoya qilish;

◾️ reklama faoliyati va reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан