Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 12,7% ga kamaydi
21.09.2020 13:53,  
79

O‘zbekiston avgust oyida 2,5 mlrd AQSh dollaridan ziyod summaga oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yilning dastlabki 8 oyida amalga oshirilgan tashqi savdoga doir hisobotida xabar berildi.

Yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24 537,2 mln. dollarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 3 554,2 mln. dollarga yoki 12,7% ga kamaydi.

Eksport. Hisobot davrida O‘zbekiston $11,6 mlrdlik tovar va xizmatlar eksport qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $497,8 mlnga yoki 4,1% ga kamdir.

O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘p. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.

O‘zbekiston 8 oyda qancha oltin sotgani ma’lum qilindi

Import. Yanvar-avgust holatiga ko‘ra, $12,9 mlrdlik importni amalga oshirgan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $3,056 mlrdga yoki 19,1% ga kamaydi.

O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Asosiy tashqi savdo hamkorlari o‘zgarmagan: Xitoy (16,4%), Rossiya (14,6%), Qozog‘iston (7,2%), Koreya (5,9%) hamda Turkiya (5,0%). Dastlabki o‘nlikda, shuningdek, Qirg‘iziston, Germaniya, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmanistonlar bor. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan to‘rtta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan: Afg‘oniston ($461,8 mln), Qirg‘iziston ($394,5 mln), Tojikiston ($193,1 mln), Eron ($39,6 mln). Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан