Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tataristonda 12 may motam kuni deb e’lon qilindi. Putin halok bo‘lgan bolalarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi
11.05.2021 15:59,  
621

Qozon shahridagi 175-sonli maktabdagi otishma paytida halok bo‘lganlarning xotiraga 12 may Tataristonda motam kuni deb e’lon qilindi.

Ushbu qaror Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov tomonidan qabul qilingan.

«Prezident qarori bilan Tataristonda 12 may motam kuni deb e’lon qilindi», deydi prezident matbuot xizmati rahbari Liliya Galimova.

Galimova shuningdek, yaqin vaqt ichida respublika aksilterror komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Ta’lim muassasasidagi otishma paytida o‘quvchilar va maktab o‘qituvchilaridan biri o‘ldirilgan. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning aniq soni aniqlanmoqda.

Hujum 19 yoshli Ilnaz Gulyaviyev tomonidan amalga oshirilgan va u hibsga olingan. Ilnaz to‘rt yil oldin ushbu maktabni tugatgan.

Rossiya prezidenti halok bo‘lgan bolalarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozon shahridagi maktabdagi otishmada halok bo‘lgan bolalarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

«Prezident otib o‘ldirgan bolalarning qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildiradi», dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Shuningdek, Putin jarohat olgan maktab o‘quvchilariga tezroq tiklanishlarini tilagan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari hozirda Kremlda. U FXX rahbari Aleksandr Bortnikovning hisobotini eshitgan, hukumat rahbari Mixail Mishustin, bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Yevgeniy Zinichev bilan telefon orqali suhbatlashgan. Prezident hukumatga jarohat olgan bolalarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish, halok bo‘lganlarning qarindoshlariga zarur ko‘mak berishni topshirdi.

Mishustin va Golikova bilan suhbatda Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyoti bortida shifokorlar, psixologlar va zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan birga Qozonga uchib ketishga qaror qilgan. Shuningdek, Ta’lim vaziri Sergey Kravsov va Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Tatariston poytaxtiga boradi.

Putin kun davomida Qozondagi vaziyat bo‘yicha hukumat, tegishli vazirliklar va maxsus xizmatlar rahbarlari bilan aloqada bo‘lib turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан