Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TATU filiali xodimi va uning sherigi pora bilan qo‘lga tushdi
27.05.2021 16:27,  
275

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab bermoqchi bo‘lgan fuqaro va uning sherigi ushlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B.T. tanishlari orqali fuqaro Sh. ning ukasi va jiyaniga Qozog‘iston Respublikasidagi institutlarning birida 2020 yilning sentyabr oyidan o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab bera olishini ma’lum qiladi. U buning evaziga 4200 AQSh dollarni olganida qo‘lga tushgan.

Uning ko‘rsatuvlariga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi M. fuqaro B.T.dan 3000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан