Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Taxtaqoracha" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi
27.12.2021 08:54,  
28

Qorli ob-havo sabab turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilganligi haqida xabar berilgan edi.

Tegishli choralar ko‘rilib, avtomobil yo‘li qordan tozalandi. Ayni vaqtlarda dovon yo‘lida transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berildi.

Barcha haydovchilardan tezlik me’yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz.

Kecha, 26 dekabr kuni Qashqadaryodagi "Taxtaqoracha" dovonidagi yo‘l noqulay ob-havo sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан